2020-yil 26-iyun 18:00 holatiga ko‘ra, 2020-2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 197,5 mingdan oshdi.

Foto: Sputnik

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 197 975 nafar.

Shundan, joriy yil bitiruvchilari 118 533 nafar (59,87 %).

Ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Kunduzgi ta’lim shakli – 134 850 nafar;
  • Sirtqi ta’lim shakli – 60 226 nafar;
  • Kechki ta’lim shakli – 2 898 nafar.

Tillar kesimida:

  • O‘zbek tili – 172 385 nafar;
  • Rus tili – 21 089 nafar;
  • Qoraqalpoq tili – 3 833 nafar;
  • Boshqa tillar – 667 nafar.

Abituriyent tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

  • Samarqand davlat universiteti – 12 894 nafar;
  • Andijon davlat universiteti – 12 584 nafar;
  • Termiz davlat universiteti – 8 077 nafar;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti – 8 043 nafar;
  • Namangan davlat universiteti – 7960 nafar.