Foto: Reuters

Tahlilchilar tomonidan taqdim etilgan ikkinchi ssenariyga ko‘ra, virus faqatgina Osiyoga zarar yetkazadi. Bunda dunyo $0.4 trln (0.5 % YaIM) yo‘qotadi.

Foto: Twitter

Jahon iqtisodiyotining ko‘radigan zarari korxonalarda ishchilarning yo‘qligi, mehnat unumdorligining pasayishi, turizmning qisqarishi, ta’minot zanjirining uzilishi, savdo va investitsiyalar hajmining qisqarishida namoyon bo‘ladi deb yozadi Bloomberg tahlilchilari.

Koronavirus allaqachon “qo‘rqinchli” ta’sirga ega bo‘lib, Xitoy va qo‘shni mamlakatlardagi kompaniyalarning faoliyati to‘xtatilgan deb yozadi The Guardain.

Hozircha Markaziy banklar va hukumatlar koronavirus global iqtisodiyotga unchalik zarar yetkaza olmasligi va avj olganidan so‘ng tezda tiklanishi mumkinligiga ishonishadi.

JSST COVID-19ni “jiddiy tashvish” tug‘dirishini ta’kidladi, biroq uni hali pandemiya darajasi emas deb hisoblaydi.

Bloomberg’ning yozishicha, XVJ 2020 yilda 3,3 % o‘sishi prognoz qilingan jahon iqtisodiyotini 0.1 % punktga pasytiradi deb hisoblamoqda. Shveysariyaning UBS Group shirkati rahbari Aksel Verber esa bu prognozga ishonmaydi. Uning fikricha, jahon iqtisodiyoti o‘sishi 3.5 %dan 0.5 %gacha qisqarishi mumkin.

Jahon banki 2019 yilning oktyabr oyida, koronavirus tarqalishidan oldin global pandemiya jahon iqtisodiyoti o‘sishini 1 %ga qisqartira oladi deya ma’lum qilgan edi.

O‘tgan haftada koronavirusning yangi global o‘choqlari paydo bo‘ldi: Italiya, Koreya, Eron. Italiya hukumati mamlakat shimolidagi ikkita viloyatga — iqtisodiyoti eng rivojlangan ikkita hududga qattiq cheklovlar joriy qildi. Virus mamlakat iqtisodiyotini retsessiyaga olib borishi mumkin, bu esa YeIning qolgan a’zolariga ham zarar yetkazishi mumkin. Koreya hukumati “yuqori daraja”dagi xavf e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusdan butun dunyo bo‘ylab 2704 kishi xalok bo‘ldi.