Ushbu chorakda global savdolarda shakar narxi oxirgi toʻrt yil ichida eng katta oʻsishni koʻrsatmoqda. Xususan, Nyu-York fond birjasida shakar xom ashyosining fyuchers shartnomalari narxlari mart oyi oxiridan deyarli 13 foizga koʻtarildi.

Foto: The insider

Bu 2016-yilning ikkinchi choragidan beri eng katta oʻsish hisoblanadi.

Ekspertlarga koʻra, mazkur holatga neft bozorlaridagi jonlanish va shakar oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni yetkazib berishdagi uzilishlar sabab boʻlgan.

Xalqaro Shakar Tashkilotining (ISO) may oyidagi hisobotiga koʻra, koronavirus pandemiyasidan beri global shakar isteʼmoli 2,1 million tonnaga kamaygan. Ammo bu shakar bozorida narx tushishini anglatmaydi.

Boisi, COVID-19 tufayli mamlakatlarda oʻrnatilgan karantin choralari mahsulot yetkazib berishda uzilishlarga olib kelish ehtimoli bor, bu esa global shakar bozorida narxlarning yana oʻsishiga olib kelishi mumkin.