Meksika Sog‘liqni saqlash vazirligining epidemiologiya boshqarmasi rahbari Xose Luis Alomianing ma’lum qilishicha mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 202,951 kishiga yetdi. Bu haqda u matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi.

Foto: RIA Novosti

Mamlakatda koronavirusning sutkalik o‘sishi 6104 tani tashkil qilmoqda. Hozirga qadar 25,060 kishi koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan vafot etgan.

Avvalroq JSST Lotin Amerikasi mintaqasini koronavirusning yangi o‘chog‘i deb e’lon qilgan edi. Keyinchalik butun dunyoga koronavirusning ikkinchi to‘lqini janubiy yarim shardan tarqala boshlagani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 9,5 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 488 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.