Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo’mart To’qayev “Ana tili” nashriga bergan intervyusida qozoq tilini ommalashtirish, rus tili istiqbollari haqida so‘z yuritdi.

Foto: Dunyo

Qozog‘iston rahbari, o‘z navbatida, O‘zbekiston borasida ham qator fikrlarni bildirib o‘tgan.

O‘zbekiston o‘ziga xos vazminlik va hurmat bilan, balandparvoz bayonotlarsiz til masalasini hal etdi, — deydi Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti.

Xalqning butun pragmatizmi shunda namoyon bo‘ladi. Ular butun tarix davomida shunday bo‘lib kelgan. O‘zbekiston ijtimoiy munosabatlarni siyosiylashtirishdan qochgan holda, asosiy urg‘uni mehnat va savdoga qaratib, XX asrning boshida Markaziy Osiyoda eng yirik xalqqa aylandi.

Shuning uchun ham buyuk Abayning o‘zbek xalqi haqidagi dohiyona so‘zlari texnologiya davrida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ushbu mamlakat mitinglar bilan emas, bunyodkorlik bilan shug‘ullanmoqda.