Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in bartaraf etilgan. Transport vositasiga va haydovchiga tegishli bo‘lgan hujjatlar hamda avtomashinaning ko‘plab qismlari yonib ketgan. Yong‘in yuzaga kelishi sababi va omillari o‘rganilib chiqilmoqda.

Hurmatli haydovchilar boshqaruvingizdagi transport vositasini texnik sozligini o‘z vaqtida nazorat qilishingizni so‘rab qolamiz. O‘zingiz va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymang, deyiladi xabarda.