Qozog‘iston Milliy ekspertiza markazi direktori Arnur Nurtayev Olmaotadagi jamoat kengashining onlayn yig‘ilishida aholini o‘z-o‘zini davolamaslikka va dorixonaga bormaslikka chaqirdi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.

Foto: RIA Novosti

“Masalan, yengil isitma bo‘lgan odam darhol antibiotik sotib olishga harakat qiladi. Aslida, antibiotiklar virusli pnevmoniyada yordam bermaydi, bu samarasiz, chunki antibiotiklar bakteriyalarga emas, balki viruslarga ta’sir qiladi. Antibakterial dorilarni qabul qilish bilan siz immunitetingizni zaiflashtirasiz”, – deb tushuntirdi Nurtayev.

Uchrashuv davomida tibbiyot fanlari nomzodi Rafail Qipshaqbayev katta miqdorda virusga qarshi preparatlarni xarid qilmaslikka chaqirgan.

“Dorixonalardagi narxning ko‘tarilishida biz o‘zimiz aybdormiz. Biz buni o‘zimiz qilamiz. Odamlar dorixonalarga borib, virusga qarshi dori-darmonlarni ko‘p sotib olishadi. Esingizda bo‘lsin, dorixonalardagi dorilar COVID-19 infeksiyasida yordam bermaydi. Siz ularni sotib olishingiz shart emas. Dunyoda hozirgacha koronavirusga qarshi dori mavjud emas”, – deya izoh berdi dotsent.