Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilarining safari davom etmoqda. Ular Qirg‘iziston Respublikasiga qilgan safari chog‘ida Chashma qishlog‘i aholisi bilan uchrashib, ma’rifiy suhbat o‘tkazdilar. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar ikki qardosh xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari yildan-yilga rivoj topib borayotgani, muborak dinimizda qo‘shnichilik rishtalariga alohida e’tibor berilgani hamda qo‘shniga yaxshilik qilish haqida qo‘plab tavsiyalar kelgani haqida Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflar asosida bayon qilib berdilar.

O‘zbekiston delegatsiyasining qalbdan chiqqan samimiy so‘zlari mahalliy aholining kayfiyatini ko‘tardi, ularga ruhiy quvvat berdi, o‘zaro qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamalashga asos bo‘ldi.