AQSh rahbari Donald Tramp prezidentlik saylovlari oldidan Bayden bilan har qanday bahs-munozaralarga tayyorligini ma’lum qildi. Davlar rahbari bu haqda “Fox News” tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvda aytib o’tdi.

Foto: WBUR

“Men raqib xohlagan darajada munozaralarni o’tkazaman. Miqdorning ahamiyati yo’q”, – ta’kidladi Donald Tramp.

Avvalroq AQShning sobiq vitse-prezidenti Jozef Bayden amaldagi prezident bilan kuzda televizion munozaralarning kamida uch turini o’tkazishga rasman rozi bo’lgan, deb yozadi TASS.