Boston universiteti yuqumli kasalliklar milliy laboratoriyasi olimlari (NIEDL) “Signify” kompaniyasi bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasini 25 soniyada yo‘q qilish usulini ixtiro qilishdi

Foto: The Texas Tribune

Ta’kidlanishicha, maxsus chiroqning ultrabinafsha nurlari SARS-CoV-2 faolligini to‘xtatadi. Tajriba chog‘ida mutaxassislar virus bilan zararlangan materialni turli dozadagi ultrabinafsha nurlar bilan ishlov berishgan. Bir kvadrat santimetrga 5 megajoul dozada ta’sir o‘tkazganda koronavirus tarqalishi olti soniyada 99 foizga kamayishi aniqlandi. Bir kvadrat santimetrga 22 megajoul doza ta’sirida esa virus 25 soniyada to‘liq yo‘q qilingan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 9,5 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 488 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.