Farg’ona viloyati Yozyovon tumanida 2019-yil 4-avgust kuni M.M. tanishi X.S. ni ishonchiga kirib, Soybo‘yi MFY hududidan 22,000 000 so‘m evaziga uy-joy qurish uchun yer maydoni olib berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan, aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Foto: Bosh prokuratura axborot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin, deyiladi viloyat IIB axborot xizmati xabarida.