Osiyo taraqqiyot banki koronavirus epidemiyasi tufayli kelib chiqqan iqtisodiy muammolarni hal etish uchun Qozog‘istonga 1 milliard AQSh dollari ajratadi.

Foto: Repost

Ushbu bank Qozog‘istonning muhim hamkori hisoblanadi. Ushbu mablag‘lar hisobidan infeksiyaning tarqalishini to‘xtatish choralari ko‘rilmoqda. Masalan, tibbiyot xodimlarining ish haqini oshirish va ularni xavfsizlik uskunalari bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Osiyo taraqqiyot banki, shuningdek, Qozog‘iston bilan davlat boshqaruvi, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha ish olib boradi.

Avvalroq, OTB O’zbekistonga 500 mln. AQSh dollari ajratmoqchiligi haqida xabar qilgan edik.