Foto: Sputnik

Quduqda qatlam suvi kelishi ko‘payganligi sababli kunlik gaz qazib chiqarish umuman to‘xtagan edi. Ayni paytda unda suv yo‘llarini to‘sish ishlari amalga oshirilib, yuqori yura qatlamining 1592 – 1588 m intervallar oralig‘ida perforatsiya ishlari o‘tkazildi.

Natijada quduqdan bir sutkada 100 – 120 ming kub metrgacha sanoat miqyosida tabiiy gaz olinmoqda.

Ma’lumot uchun: «Shimoliy Berdaq» gazkondensat koni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan bo‘lib, 2005 yilda ishga tushirilgan.