Foto: Uzbekistan airways

Rossiya Federatsiyasining Krasnodar shahridagi qurilish obyektlaridan birida balandlikdan yiqilib tushish hamda, Volgograd viloyati Ilovlya tumanida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan yurtdoshlarimizning jasadlarini O‘zbekistonga qaytarish bilan bog‘liq huquqiy – tashkiliy masalalar olib borilayotgan edi.

Vafot etganlarning jasadi Krasnodar – Tashkent reysi orqali O‘zbekistonga olib kelindi.

Qayd etish lozimki, Krasnodar shahrida vafot etgan fuqaroning ixtiyoriy tibbiy sug‘urtasi mavjud bo‘lgan va mazkur sug‘urta polisida jasadni vatanga qaytarish xatari ham sug‘urtalangani sababli, marhumning jasadini O‘zbekistonga jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlar sug‘urta kompaniyasi tomonidan qoplab berilgan, deyiladi xabarda.