Xitoyning shimoli-g’arbiy qismidagi Shinjon-Uyg’ur avtonom tumanida (SUAR) 6,4 magnitudali zilzila sodir bo’ldi, deya xabar beradi AQSh Geologiya xizmati.

Foto: Booking

Seysmologlarning fikriga ko’ra, er osti zilzila markazi Hotan shahrining shimoliy-g’arbiy qismidan 279 kilometr uzoqda joylashgan bo’lib, zilzila markazi 10 kilometr chuqurlikda aniqlangan.

Jabrlanganlar yoki vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq, Meksikada ham 7,1 magnitudali zilzila sodir bo’lgani, shuningdek, zilzila qurbonlari 10 kishiga yetgani haqida xabar qilgan edik.