Shotlandiyaning Arbrot shahrida mahalliy aholi orasida “The Elms” nomi bilan mashhur gotika uslubida qurilgan qalʼa atigi bir funtga sotilmoqda, deb yozmoqda “The Scottish Sun”.

Foto: Mignews

Taʼkidlanishicha, taʼmirlash ishlari uchun katta miqdorda mablagʻ sarflanishi kerak boʻlgan ushbu binoni sotib olishni istovchilar hozirda unchalik ham koʻp emas.

Qalʼa vayron boʻlish xavfi mavjud meʼmoriy obyektlar roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, 17-iyul kuni boʻladigan kimoshdi savdosi tashkilotchilari bino egasidan mulkini munosib baholanishini soʻrashmoqda.

Qayd etilishicha, mutaxassislar qalʼani yangi egalariga eski ulugʻvorligini qaytarib berishiga umid qilgan holda sotishmoqda.

Qalʼa XIX asrda qurilgan va avval mehmonxona, keyin esa bolalar uyi sifatida ishlatilgan.