AQSh g‘aznasi vafot etgan odamlarga rag‘batlantiruvchi to‘lov sifatida taxminan 1,4 milliard dollar to‘ladi. Bu haqda AQSh hukumatining hisobot idorasi matbuot xizmati ma’lumotlariga tayanib The Guardian xabar bergan.

Foto: Repost

Ushbu xato bir oy oldin o‘tkazilgan moliyaviy tekshiruv paytida aniqlangani ta’kidlanmoqda. Shundan keyin janjal boshlandi.

“Soliq ma’muriyati g‘aznachiligining bosh inspektori ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil 30-aprel holatiga ko‘ra, umumiy qiymati 1,4 milliard dollar bo‘lgan 1,1 million to‘lov marhumlarning manziliga yuborilgan”, — deyiladi tekshiruv xulosasida.

To‘lov pandemiya sharoitida moliyaviy yordam sifatida ajratilgan. To‘lov amalga oshirila boshlagach, ijtimoiy tarmoqlarda allaqachon vafot etgan qarindoshlariga qayoqdandir pul kelayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan. Shundan so‘ng rasmiylar xato qilishganini tan olishgan. Endi soliq boshqarmasi marhumlarga yuborilgan cheklarni qaytarishni so‘rab amerikaliklarga murojaat qilmoqda.