Kecha Moskvada bo‘lib o‘tgan G‘alaba paradida qatnashish uchun borgan qirg‘iz delegatsiyasi a’zolarining ikki nafarida koronavirus aniqlangan edi.

qirg'iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov
Foto: Sputnik

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Peskov Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekovga Moskvaga kelgani uchun tashakkur aytdi. Shuningdek, bayram tadbirlari ishtirokchilari sog‘ligini xavf ostida qoldirmay unda ishtirok etmaslikka qaror qilgani uchun Kreml undan minnatdor ekanligini bildirdi.

Jeenbekov esa Bishkekka qaytib kelgandan so‘ng, COVID-19’ga test topshirdi. Uning natijalari esa manfiy bo‘lib chiqdi.