Foto: O’zA

Bundan oldinroq Antara agentligi qattiq jala tufayli mamlakat poytaxti Jakartaning bir qismini, jumladan prezident saroyini ham suv bosgani haqida ma’lum qilgan edi. Yog‘ingarchilik dushanba kuni boshlangan.

Tabiiy ofatga qarshi kurash bo‘yicha milliy agentlik vakili Agusa Vibovoning ta’kidlashicha, tabiiy ofat uchta maktab va masjidni vayron qilgan. 800 gektar sholipoya suv ostida nobud bo‘lgan, suv toshqinidan jami 47,7 ming kishi jabr ko‘rgan. Oqibatda chorshanba kuni 14 kunlik favqulodda vaziyat e’lon qilindi.