Misr milliy aviakompaniyasi “Egypt Air” 1-iyuldan boshlab 29 ta xorijiy yo’nalishlarga parvozlarni tiklaydi, deyiladi kompaniya bayonotida.

Foto: Sputnik

Avvalroq, mamlakat rasmiylari 1-iyuldan xalqaro qatnovlarning bosqichma-bosqich tiklanishi haqida e’lon qilgan.

“Aviakompaniya 2020-yil 1-iyuldan boshlab 29 dan ortiq xalqaro punktlarga to’xtovsiz parvozlarni qayta boshlashini e’lon qiladi”, – deyiladi kompaniya bayonotida.

Parvozlar “Yevropada 17 ta, Afrikada to’rtta, Yaqin Sharqda to’rtta yo’nalish, Shimoliy Amerikada uchta va Xitoyning Guanchjou shahridagi uchta aeroport bilan qayta tiklanadi”.

19-mart kuni Misrda koronavirus pandemiyasi bilan bog’liq vaziyat yuzaga kelib, ichki va xalqaro yo’lovchi qatnovlari to’xtatilgan edi. May oyida esa mamlakat Moliya vazirligi rasmiylar aviakompaniyalarga koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini yumshatish va parvozlarni to’xtatib turish uchun 127 million dollar kredit ajratishini e’lon qilgan.