Shu soatlarda poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida yana 27 nafar, Toshkent shahar 1-son klinik shifoxonasida 2 nafar, Qashqadaryo viloyatida 17 nafar, jami 46 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi.

Foto: SSV axborot xizmati

Toshkentda tuzalganlarning 25 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, ularning eng yoshi ulug‘i 56 yoshda va eng kichigi 19 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, sog‘ayganlarning 13 nafari Toshkent shahridan, 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, 3 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafardan Andijon va Namangan viloyatlaridan va 1 nafardan Toshkent, Farg‘ona va Jizzax viloyatlaridan.

Shu tariqa ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan 2635 nafar bemor sog‘aydi.

Qashqadaryo viloyatida COVID-19dan tuzalganlarning 6 nafari ushbu hududdan bo‘lsa, 10 nafari Qazog‘iston, 1 nafari Turkiya fuqarosidir. Ularning 14 nafari erkak, 3 nafari ayol, shuningdek, eng yoshi kattasi 51 yoshda, kichigi esa 2019 yilda tug‘ilgan.

Endilikda Qashqadaryo viloyatida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlarning soni 23 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun yurtimizda shu soatgacha 90 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4775 nafarni tashkil etmoqda.