Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati

Tezkor tadbir jarayonida, fuqaro 46 yoshli M.A. 4,5 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Xazorasp tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. M.A. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.