25-iyun holatiga Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5691 kishini tashkil etdi, deb xabar berdi mamlakat Sog’liqni saqlash vazirligi. Kun davomida ushbu kasallikka chalinganlar soni +61 kishiga ko’paydi.

Foto: Azia-Plyus

O’tgan bir kun ichida infeksiyadan bitta ham o’lim holati qayd etilmadi va jami koronavirus qurbonlari soni o’zgarishsiz qolib 52 kishini tashkil etdi.

Infeksiyadan yana 75 bemor butkul sog’ayib, jami tuzalganlar 4269 nafarga yetdi.

30-aprel kuni Tojikiston ilk marta koronavirus bilan ilk holatlar qayd etilgani ma’lum qilingan edi. Birdaniga 15 ta holat aniqlangan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 9,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 482 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.