Volgograd davlat agrar universitetida tahsil olayotgan o’zbekistonlik talabalarda koronavirus infeksiyasi qayd etildi.

Foto: Sputnik

Mamlakatimizning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi xabariga ko’ra, ayni paytda universitet administratsiyasi bilan aloqa o’rnatilib, vaziyat nazoratga olingan.

Kasallikka chalingan 10 nafar talaba COVID-19 dan davolanishga ixtisoslashgan shahar shifoxonasiga yotqizildi.

Koronavirusga chalingan bemorlar bilan aloqada bo’lgan barcha kishilar Volgograd davlat agrar universitetining talabalar turar joyi binosida karantinga olingan.