Bugun, 25-iyun kuni koronavirus infeksiyasiga chalinib, Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bemorlardan 5 nafari butunlay sog‘aydi.

Foto: O’zA

Ularning 1 nafari ayol va 4 nafari erkak bo‘lib, Namangan shahri, Pop, Chust va To‘raqo‘rg‘on (2 nafar) tumanlaridan.

Shu tariqa, viloyatda koronavirus infeksiyasini yuqtirganidan keyin davolanib, to‘liq tuzalganlar soni 270 kishiga yetib, mamlakatimizda kasallikdan butkul sog’ayganlar esa jami 4729 nafarni tashkil etmoqda.