Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2020-2021 oʻquv yili uchun xotin-qizlarga ajratilgan toʻrt foizli qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi.

Foto: Google

Xabarda qayt etilishicha, xotin-qizlar uchun davlat granti asosida respublika boʻyicha jami 940 ta joy ajratilgan. Jumladan:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 51 nafar;
  • Andijon viloyati – 85 nafar;
  • Buxoro viloyati – 53 nafar;
  • Jizzax viloyati – 36 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati – 88 nafar;
  • Navoiy viloyati – 28 nafar;
  • Namangan viloyati – 75 nafar;
  • Samarqand viloyati – 104 nafar;
  • Surxondaryo viloyati – 71 nafar;
  • Sirdaryo viloyati – 49 nafar;
  • Toshkent viloyati – 80 nafar;
  • Fargʻona viloyati – 100 nafar;
  • Xorazm viloyati – 50 nafar;
  • Toshkent shahar – 70 nafar.

Eslatib oʻtamiz, 2020-2021 oʻquv yilida xotin-qizlar ushbu tanlovda ishtirokini taʼminlash maqsadida tegishli tavsiyanomalarni operativ tarzda berish vakolati Tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlariga yuklatilgan.

2020-yil 20-iyulga qadar Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan tavsiyanoma berilgan talabgorlarning yakuniy roʻyxati DTMga taqdim etiladi