Foto: IIBB matbuot xizmati

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida noqonuniy diniy yig‘ilishlar o‘tkazib, unda Suriyadagi xalqaro terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilib, ularni faoliyatini qo‘llab – quvvatlab, ushbu tashkilotlar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirib kelganlar.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2442 – moddasi 1 – qismi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga raxbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida poytaxt va viloyat hududidagi 24 ta manzillarda tintuv tadbirlari o‘tkazilib, 21 nafar shaxslar ichki ishlar idoralariga keltirildi.

Ushbu shaxslarning yashash manzillaridan jinoyatga aloqador bo‘lgan ashyoviy dalillar topilib, qonuniy tartibda rasmiylashtirilib olindi va tergov – surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

O‘z navbatida, fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimizni ogohlantirib, bu kabi qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib, ijtimoiy tarmoqlarning shubhali saytlaridagi da’vatlarga aldanib qolmaslik hamda jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallardan foydalanmaslik, saqlamaslik va tarqatmasliklarini so‘raymiz, deyiladi xabarda.