Namanganda 2020-yilning 23-iyun kuni soat 12:05 da Pop tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 247-kilometrida, haydovchi 30 yoshli T.T. boshqaruvida bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasini harakat xavfsizligini ta’minlay olmasdan, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan fuqaro I.I., ning boshqaruvida bo‘lgan, MChJga tegishli “SAMS” rusumli yuk avtomashinasini orqa qismiga urilib yo‘l transport hodisasini sodir etgan.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Natijada “Damas” haydovchisi T.T. va avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi 21 yoshli X.M. hodisa joyida vafot etgan, orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchi 51 yoshli X.Q (ayol). esa olgan tan jarohati bilan Pop tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida.