Sirdaryoning Mirzaobod tumanidan Latviyaning “LB LLC” korxonasiga 18 tonna qovun yuborildi.

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati

O‘zbekistonlik dehqonlar yetishtirgan poliz mahsulotlari “Red Pack” korxonasi tomonidan eksportga tayyorlandi.

Mazkur korxona bugungi kunga qadar Yevropa davlatlariga qovun va qovun mahsulotlarini «ROMAS» brendi ostida eksport qilib kelmoqda.

“Red Pack” korxonasi eksport uchun sifatli mahsulotlar yetkazib berish uchun harakat qilmoqda. Ayni paytda korxona Mirzaobod tumanida 4 gektar maydonda 5 milliard so‘mdan ortiq investitsiya evaziga muzlatkich qurishni boshladi.

Hozirgi kunda korxonada Latviya, Germaniya va Belarusga eksport qilish uchun qovunlarning navbatdagi jo‘natmasi qadoqlanmoqda.