Xitoyning eng gavjum shaharlaridan biri bo‘lgan Xanchjou shahrida koronovirus tarqalishining oldini olishga yordam beradigan standart ishlab chiqildi.

Foto: ISO

ISO / TC 3211 texnik qo‘mitasi raisi professor Sun Minshuna (Song Mingshun) rahbarligida Xitoyning Szilin Universiteti jamoasi smartfonlar uchun QR kod ishlab chiqdilar. Ushbu texnologiya QR kodlardan infeksiyani yuqtirish xavfi bo‘lgan va izolatsiya olinishi kerak bo‘lgan, shuningdek erkin harakatlana oladigan odamlarni aniqlash uchun foydalaniladi.

Alibaba Group kompaniyasi ko‘magi bilan Xanchjou shahri, raqamli iqtisodiyot kabi sohalar, shuningdek epidemiyalarni oldini olish va nazorat qilish sohasida katta ma’lumotlardan foydalangan holda shaharlarda “Aqlli ilmiy markaz”larni qurish amaliyotini o‘rgandi.

Natijada yangi standart “Sog‘liqni saqlash kodi”, Xanchjou sog‘liqni saqlash kodeksini boshqarish va amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanma, DB 3301 / T 0305-2020” ishlab chiqildi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, Xitoyda epidemiya paytida jami 83,449 koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 78,433 kishi kasallikdantuzaldi, 382 COVID-19 bemorlari kasalxonada qolmoqda, 4634 kishi infeksiyadan vafot etdi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 9,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 482 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.