Qo’shni davlatlarda koronavirus bo’yicha holat qanday? Bu haqda nashrimiz tomonidan tayyorlangan kunlik yangi ma’lumotlar bilan tanishing.

Foto: Aziya-Plyus

2020-yil 25-iyun holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 19,285 kishiga yetdi. Bemorlarning 11,882 nafari butunlay tuzaldi. 136 ta o‘lim holati qayd etildi.

2020-yil 25-iyun holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 228 kishiga ko’payib, jami 3954 taga ko’tarildi. Infeksiya tufayli o’lim holati 43 tani tashkil etmoqda. Mamlakatda kasallikdan tuzalganlar esa 2112 kishiga yetgan.

Tojikistonda esa bugun, 25-iyun holatiga ko’ra, kasallanganlar soni 5630 tani tashkil etmoqda va jami 52 ta o’lim qayd etilgan. Mamlakatda COVID-19’dan davolanganlar soni 4194 nafarga yetgan.

Afg’onistonda 25-iyun holatiga ko’ra, koronavirus bilan bog’liq holatlari soni 29,715 nafarni tashkil etmoqda. 639 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan. 9869 kishi esa kasallikdan sog’aygan.

Turkmaniston davlatida hozirgacha rasman infeksiya qayd etilmagan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 9,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 482 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.