Foto: Xalq so’zi

199 mamlakat ishtirok etgan reytingda fuqarosi vizasiz dunyoning eng koʻp mamlakatlariga tashrif buyurishi mumkin boʻlgan Yaponiya yana birinchi pogʻonani zabt etdi.

Qayd etilishicha, ushbu davlat fuqarolari 191 mamlakatga vizasiz borishlari mumkin. Ikkinchi oʻrinda Singapur pasporti boʻlib, uning aholisi viza haqida oʻylamasdan 190 davlatga sayohat qilishlari mumkin. Uchinchi oʻrinni Germaniya va Janubiy Koreyaning pasportlari egallagan boʻlib, bu mamlakatlar aholisi 189 davlatga vizasiz kira oladi.

Reytingda Oʻzbekiston 149 oʻrindan joy olgan. Yurtimiz aholisi 57 mamlakatga vizasiz kirishlari mumkin.

Roʻyxatning soʻnggi pogʻonasini fuqarolari vizasiz 26 mamlakatga kirishi mumkin boʻlgan Afgʻoniston egalladi.