Foto: Google

Shu yil 23-iyun kuni fuqaro M.N boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinani Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘lining 140 km da boshqarib ketayotib, yo‘lning shu qismida piyodalar o‘tishi uchun yo‘lagi bo‘lmagan joyda o‘ng tomondan chap tomonga o‘tayotgan 2015-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan E.Sh. ni avtomashinaning old chap qismi bilan urib yuborib yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

Sirdaryo viloyati IIB xabariga ko’ra, natijada voyaga yetmagan E.Sh. og‘ir tan jarohati olib RShTYoIM Sirdaryo viloyati filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.