“Microsoft” kompaniyasi smartfonlar uchun mo‘ljallangan antivirusi — “Defender”ni taqdim etdi. Uni hozirdanoq android-smartfonlarga o‘rnatish mumkin.

Foto: AP Photo / Michel Euler

Yangi antivirusning vazifasi asosan fishingdan himoyalash. «Defender» parollar, bank kartalari ma’lumotlari va boshqa xususiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashdan himoyalashi ta’kidlanmoqda. Ushbu ilova o‘z egasini shubhali jo‘natuvchi yuborgan xabarlardan va ishonchsiz saytlarga kirishda ogohlantirib turadi.

Ekspertlarga ko‘ra, «Microsoft» shu tarzda o‘zining ilk android-smartfoni — qo‘sh ekranli «Surface Duo» sotuvini boshlashga hozirlik ko‘ryapti. Smartfon 2019-yil oxirida taqdim etilgandi, qurilma kelgusi oydan bozorga chiqishi kutilyapti.