musht jarohat
Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati

Joriy yil 16-iyun kuni soat 18:00 da 38 yoshli X.A., spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holda Angren shahri Qorabog‘soy ko‘chasida joylashgan “Navro‘z” kafesi oldida, jamoat joyida yurish-turish qoidalarini qasddan mensinmasdan, 60 yoshli E.M., bilan hech bir sababsiz janjallashib, bezorilik harakatlarini oldini olish choralarini ko‘rmoqchi bo‘lgan 20 yoshli Yu.F., ga qarshilik ko‘rsatib, uning yuz va badanining turli qismlariga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazgan.

Natijada Yu.F., olgan tan jarohatlari bilan shahar markaziy tibbiy shifoxonasiga murojaat qilgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida Yu.F. “yengil” tan jarohatlari olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.