Davlat komissiyasi majlisining 2020-yil 1-son bayoni bilan, respublikadagi kasb-hunar maktablariga hujjatlarni qabul qilish muddati belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qildi.

Foto: Google

Unga ko‘ra, 2020-yil 5-iyuldan 20-iyulga qadar kasb-hunar maktablariga joriy yil 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlarini onlayn qabul qilish jarayoni (ariza, shahodatnoma va 3×4 fotosurat) tashkil qilinadi.

Ma’lumot uchun, kasb-hunar maktablarida 9-sinf bitiruvchilariga 2 yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi ta’lim beriladi.