Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrif dasturida ko‘zda tutilgan tadbirlar yakunlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmati xabariga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi.

Sal avval, Prezident Moskvada vatandoshlarimiz bilan uchrashgani haqida xabar qilgan edik. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi Islom Karimov hiyobonida bo‘lgani, hamda Aleksandr bogʼidagi “Nomaʼlum askar” yodgorligiga gul qoʼygani haqida xabar qilgan edik.