Foto: Knews

Oʻzbekiston birinchi prezidentining toʻngʻich qizi Gulnora Karimova ushbu masalaga toʻgʻri yondashishdan davlat ham naf koʻrishi mumkin deb hisoblaydi.

Oʻzbekiston birinchi prezidentining toʻngʻich qizi soʻnggi yillarda sogʻligʻiga jiddiy putur yetgani¸ zudlik bilan jarrohlik amaliyotiga muhtojligini bayon qilgan.

“Oilam va sogʻligʻimni saqlab qolish uchun toʻgʻri sharoitda pul mablagʻlariga nisbatan har qanday daʼvodan voz kechishga tayyorman”, – deya yozgan u.

Qayd etilishicha, u oilasining ixtiyorida qolgan va Shveysariya banklarida muzlatilgan 686 million dollarni davlat foydasiga berishga tayyor.

Karimovaning soʻzlariga koʻra, sud jarayonga qaramasdan uning har qanday murojaatlarini rad qilmoqda. U ushbu masalaga toʻgʻri yondashishdan davlat ham naf koʻrishi mumkin deb hisoblaydi, zero katta miqdordagi pullar mamlakat uchun zarur boʻlgan insonparvarlik loyihalariga (tibbiyot, taʼlim va boshqa) sarflanishi mumkin.

Biz farzandlarimiz – uning nabiralari bilan – oradan 7 yil oʻtib, yana oilamiz bilan birga yashashga ishonamiz va buning uchun Sizdan minnatdor boʻlamiz”¸ – deb soʻzlariga yakun yasagan Gulnora Karimova.