Ukrainaning “SkyUp Airlines” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga parvozlarni amalga oshirish huquqini soʻradi. Bu haqda mamlakat Davlat aviatsiya maʼmuriyati maʼlum qildi.

Foto: Sputnik

Ukrainaning arzon narxlarda  parvozlarni amalga oshiruvchi aviakompaniya haftasiga ikki marta Kiyev-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilishni rejalashtirmoqda.

Arizada parvoz huquqini 2020-yil 1-iyuldan boshlab cheksiz muddatga berish soʻrovi koʻrsatilgan.

Mamlakatlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarning toʻxtatilishi

Ukraina aviakompaniyasi tomonidan narxlar belgilashda demping (narxlarni qasddan pasaytirish-tahr.) amalga oshirilganligi sababli 2015 yil 5 maydan boshlab Kiyevga parvozlar toʻxtatilgan.

Ukraina tomonidan “Mejdunarodnыe avialinii Ukraini” aviakompaniyasi ham parvozlarni toʻxtatib qoʻydi. Bu mamlakatlar oʻrtasidagi yagona yoʻlovchi aviareysi boʻlgan.

Oʻzbekiston va Ukraina oʻrtasidagi aviareyslarni tiklashga urinish 2019-yil oktabr oyida amalga oshirildi, ammo tomonlarning tushunmovchiligi tufayli muvaffaqiyatsiz tugadi.

Shu bilan birga, Ukraina elchixonasi mamlakat ikki mamlakat shaharlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam havo qatnovini tiklashga oid oʻzaro manfaatli shartlarni muhokama qilish uchun oʻzbekistonlik sheriklar bilan rasmiy darajada konstruktiv muloqotga tayyorligini bildirdi.