Foto: Google

Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududida yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzgan xorijiy avtotransport vositalaridan tegishli jarimalarni ichki ishlar organlari tomonidan onlayn taqdim etilgan ma’lumotlar asosida, ushbu avtotransport vositalari respublika hududidan chiqib ketayotganda bojxona organlari tomonidan undirish mexanizmi joriy etiladi.

Davlat bojxona qo‘mitasiga yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzganligi bo‘yicha to‘lanmagan jarimalarni O‘zbekiston hududidan chiqib ketayotganda undirib olish, to‘lanmagan taqdirda jarima summasi to‘liq undirilgunga qadar avtotransport vositasini davlat bojxona xizmatining hududiy organi yoki bojxona posti tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlovga olish huquqi beriladi.

IIV maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya ma’lumotlar bazasini Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashtiradi. Shuningdek, ikkala organ birgalikda ikki oy muddatda respublika hududida yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzgan xorijiy avtotransport vositalaridan jarima summalarini bojxona organi tomonidan undirish tartibi ishlab chiqadi.

Bu qoidalardan O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlarning avtotransport vositalari mustasno, deyiladi loyiha matnida.

Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari buzilganligi uchun bojxona organlari tomonidan undirilgan jarima summasidan Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armasiga ajratilishi belgilangan qismining 50 foizi miqdori Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasiga o‘tkaziladi.