23-iyun kuni 8 ta hududda: Xorazm, Namangan, Toshkent, Andijon, Surxondaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida jami 30 holatda aholi orasida koronavirusga chalinganlar aniqlangan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent viloyati IIB axborot xizmati

Jumladan, Surxondaryo viloyati Silga qarshi kurashish dispanseri xodimi F.K. va uning o‘g‘lida, Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida yashovchi A.R.da (tana harorati tushmayotganligi sababli o‘zi borib namuna topshirgan), Namangan viloyati Pop tumani harbiy qism xodimi Sh.N.da (profilaktik tekshiruv mobaynida aniqlangan), ushbu viloyatdagi «Turon Megastroy» korxonasi ishchisi M.B.da (Xorazm viloyatida xizmat safarida bo‘lgan), Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi M.A.da (qurilish kompaniyasida ishlab ketgan), Xorazm viloyatida «Xorazm gilamlari» MChJning 6 nafar ishchisida koronavirus tasdiqlangan.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi I.N.da (tana harorati ko‘tarilgan va yo‘tal bezovta qilgani sababli namuna topshirgan), Toshkent tumanida yashovchi A.A. da (shifoxonaga yotish maqsadida namuna topshirgan), Chinoz tumanida yashovchi J.E. da (tana harorati ko‘tarilgan va tomoqda og‘riq bo‘lganligi uchun namuna topshirgan) kasallik qayd etilgan.

Ayni paytda ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda.