Foto: Zarnews

Respublika komissiyasining 2020-yil 1-son bayoni bilan quyidagi 8 ta tuman Davlat xizmatlari markazlari orqali muqobil ravishda 2020/2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalariga kirish sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berildi:

1. Mo‘ynoq tumani DXM; 
2. Konimex tumani DXM;
3. Tomdi tumani DXM;
4. Uzun tumani DXM;
5. Boysun tumani DXM;
6. So‘x tumani DXM;
7. Farg‘ona tumani DXM;
8. Sardoba tumani DXM.

Ro‘yxatdan o‘tishni abitur.dtm.uz yoki my.gov.uz portallari bilan bir qatorda belgilangan 8 ta DXM orqali ham amalga oshirish mumkin.