Braziliya federal sudyasi prezident Jair Bolsonaroga poytaxt Braziliya shahrida jamoat joylarida yuz niqobini taqish bo‘yicha mahalliy qoidalarga rioya qilishni buyurdi.

Foto: TASS

Sudya Renato Koelo Borellining so‘zlariga ko‘ra, Bolsonaro “milliy shov-shuvlarga sabab bo‘lib boshqa odamlarda kasallik tarqalishiga olib kelmasiligi kerak”.

O‘tgan dam olish kunlarda prezident turli jamoat yig‘ilishlarida niqobsiz ko‘ringach sud shunday qarorga kelgan.

Braziliya federal okrugi virus tarqalishini nazorat qilish uchun odamlardan jamoat niqoblarini kiyishini talab qilmoqda. Ushbu qarorni bajarmaslik kunlik 390 AQSh dollari (3,9 million so‘m) miqdorida jarima solishga olib keladi.

Mamlakatda hozirga kelib infeksiya yuqtirib olganlar soni 1,1 millionga yetdi. Shuningdek, kasallik qurbonlari esa 51 mingdan oshgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 9,1 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 473 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.