2020-yil 23-iyun kuni Toshkent shahridagi Inxa universiteta birinchi kirish imtihonlar onlayn rejimida o‘tkazildi. Abituriyentlar imtihonlarni ikkita yo‘nalish: “Logistika” (SOL) va “Kompyuter injiniring” (SOCIE) bo‘yicha topshirishdi.

Foto: ATK vazirligi axborot xizmati

Imtihonlar “ZOOM” dasturi yordamida o‘tkazildi. Imtihon qoidalariga asosan, abituriyentlar bir vaqtda onlayn-imtihonga kirdi va ularga topshiriqlar berildi. Matematika fani bo‘yicha 6 ta savollarni 30 daqiqa ichida yechish topshirig‘i berildi. Vaqt tugashi bilan abituriyentlar javob varaqalarini kuzatuvchilarga “ZOOM” orqali kursatib, ularni rasmga olib, tekshiruv komissiyaga jo‘natishdi. Javoblarning ikkita variantlari keyinchalik solishtirilib tekshiriladi.

Ta’kidlash kerakki, imtihonga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning 86 foizi ishtirok etdi.