Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatga olish uchun maxsus avtomatlashtirilgan elektron platforma ishga tushirilgan.

kelishuv sotish shartnoma
Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati

Tadbirkorlik sub’ektini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni taxminan 30 daqiqada hal bo‘ladi. Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayoni bilan bir vaqtning o‘zida bank hisob raqamini ochish imkoniyati yaratilgan.

Hozirda tijorat banklarining 861 filiallari Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan. Tadbirkorlar ushbu banklar ichida istalganida onlayn tarzda hisob raqam ochish imkoniyatiga ega.

Joriy yilning 16-martidan 23-iyuniga qadar karantin paytida 26 mingdan ortiq yuridik shaxslar ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularning 4300 tasi Internet orqali.