2020-yil 23-iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6662 (+127) nafarni tashkil etmoqda.

foto: Google

Yangi kasallanish holatlarining 79 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 14 nafar Xorazm viloyatida (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 7 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 9 nafari Toshkent shahrida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 5 nafari Sirdaryo viloyatida, 3 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Andijon viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 3 nafari Toshkent viloyatida (shundan 2 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 3 nafari Namangan viloyatida aholi orasida, 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 4560 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2083 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.