Bugun, 23-iyun kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida kuchli shamol bo‘ldi. Bu haqda Zarnews xabar berdi.

Foto: Zarnews

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, hududdagi iqtisodiyot kolleji sport zalining tom qismi ushbu shamol natijasida qattiq shikastlangan. Shaharda shamoldan zarar ko‘rgan ob’yektlar faqat ushbu kollej emas.

Hokimlik axborot xizmati rahbari Jamshid Nosirovning aytishiga qaraganda, yana ko‘plab ob’yektlarga talafot yetgan. Shahar hokimi G.Alimova va boshqa mutasaddilar ushbu obe’ktlarni ko‘zdan kechirgan.