Foto: Sputnik

Davlat kotibi Mayk Pompeoning ta’kidlashicha, cheklovlar ro‘yxatiga 13 ta xorijiy tashkilotlar va xususiy shaxslar kirgan. Ular Rossiya, Xitoy, Iroq va Turkiya tashkilotlari hamda fuqarolaridir.

Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, cheklov choralari xitoylik va turkiyalik beshta kompaniya va fuqarosiga qo‘llanilmoqda. Ular “Eronning raketa dasturini qo‘llab-quvvatlaganlikda” ayblanmoqda. Xitoylik yana bir fuqaroning sanksiya ro‘yxatiga tushishiga esa, uning Pokistonning qurollanish dasturi uchun bir yo‘la ikki maqsadda ham ishlatsa bo‘ladigan mahsulotlarni yetkazib berganligi sabab bo‘ldi.

Eron, KXDR va Suriyaga tarqatmaslik haqidagi qonuni ushbu davlatlarga yadroviy, kimyoviy, bakteriologik qurollarini ishlab chiqishda qo‘l keladigan texnologiyalarni bermaslikni nazarda tutadi.