Sal avval Meksikada 7,1 magnitudali zilzila sodir bo’lgani haqida xabar qilgan edik. AQShning sunami ogohlantirish markazi ushbu yer silkinishi ortidan Meksika, Salvador va Gondurasning g’arbiy sohillariga tahdid e’lon qilgan.

Foto: Google

Sunami haqida ogohlantirish Meksikaning janubida Tinch okeani sohilidagi kuchli zilziladan so’ng e’lon qilingan.

Turli manbalarga ko’ra, zilzila kuchi 7,1 dan 7,7 gacha bo’lgan.

Hozircha boshqa ma’lumot berilmagan. Shuningdek, qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ham ma’lumot olinmagan.