AQSh prezidenti Donald Tramp yodgorliklarni buzadigan yoki ularga ziyon yetkazadigan har qanday kishini hibsga olishni buyurgan.

Foto: REUTERS / Joshua Roberts

“Men federal hukumatga vandalizm bilan shugʻullanadigan yoki biron bir yodgorlik, haykal yoki boshqa AQSH federal mulkini vayron qilgan har qanday kishini hibsga olishga ruxsat berdim”, – deya yozgan u oʻzining “Twitter” ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.

Uning taʼkidlashicha, buyruq darhol kuchga kiradi va hech qanday istisnolar boʻlmaydi.

May oyida Minnesota shtati Minneapolis shahrida norozilik va tartibsizliklar 46 yoshli afro-amerikalik Jorj Floydning politsiya tomonidan qoʻlga olinayotgan vaqtda hayotdan koʻz yumganidan soʻng boshlanib ketgan edi.

Ushbu voqeadan keyin yuzlab shahar aholisi norozilik bildirib, koʻchalarga chiqdi. Bunday namoyishlar keyinchalik tezda mamlakatning boshqa shaharlariga ham tarqalib, politsiya bilan toʻqnashuvlar yuz berdi. Uylar, doʻkonlarga oʻt qoʻyildi, koʻplab davlat va xususiy mulklarga moddiy zarar yetkazildi.